Ertadan OTMlarga qabul boshlanadi

Jamiyat

image

Ertaga, 5 iyun kunidan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari boshlanadi.

Abituriyentlar hujjatlarini my.uzbmb.uz platformasi orqali 25 iyunga qadar (shu kuni ham) topshirishlari mumkin.

Qayd etish joiz, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari ikki bosqich – “avval test, keyin tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi, ya’ni dastlab abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etadi, test jarayonlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng esa ikkinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda ta’lim shaklini tanlaydi.

Shu tariqa, ertadan 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayoni start oladi va 25 iyunda yakunlanadi. Dastlab abituriyentlar test sinovlarini topshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM qabul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing