Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasida yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
21 noyabr 2024 4402 1 daqiqa
Kecha, 20 noyabr kuni Toshkent shahridagi ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 20:29 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Lashkarboshi” MFY Niyozbek yo‘li ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyining dudburonida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:35 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:42 da o‘chirilgan. Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust