Toshkentdagi ovqat tayyorlash joyida yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Bugun, 31 dekabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi ovqat tayyorlash maskanida yong‘in chiqdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 07:38 da Chilonzor tumanining Muqimiy ko‘chasida joylashgan ovqat tayyorlash joyida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 07:48 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 07:51 da qurshab olinib, soat 07:54 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi kafeda yong‘in chiqqandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing