Toshkentdagi savdo majmuasida yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
18:46 2301 1 daqiqa
Bugun, 11 fevral kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani “Novza” metro bekati yaqinidagi savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yong‘in savdo majmuasining tom qismida kelib chiqqan. Xabar kelib tushgach, qutqaruv va yong‘in o‘chirish bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
FVBB xodimlari tomonidan binoda bo‘lgan barcha fuqarolar tezkor ravishda evakuatsiya qilingan. Yong‘in soat 18:19 da to‘liq o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Aviator” savdo-ko‘ngilochar markazida kuchli yong‘in sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida 2 yoshli qizcha halok bo‘ldi. Shundan so‘ng poytaxtdagi savdo majmualarida tekshiruv o‘tkazilib, zarur talablarga javob bermaydigan majmualar yopildi.
Jamshidbek Amirov