Toshkentdagi olti yil avval yopilgan yo‘lni qayta ochish ishlari boshlandi
Jamiyat
−
01 mart 2021
10403Toshkentda Parkent ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasiga o‘tish yo‘lini ochish ishlari boshlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.
Hozirda ikki ko‘chani bog‘lash uchun yashil maydondan joy ochilib, tekislangan.
Ma’lumot uchun, Parkent ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasiga o‘tish yo‘li avval bo‘lgan. 2015 yilning avgustida Oqqo‘rg‘on ko‘chasidan Mustaqillik tomon eltuvchi Parkent hamda “Buyuk ipak yo‘li” metro bekati yo‘llari temir panjaralar bilan to‘liq yopilgandi. O‘shanda sobiq Pushkin skveridan qayrilib olish yopilgan va Parkent bozori tomon harakatlanish taqiqlangan edi.
Avvalroq, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Toshkentda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha rejalar haqida ma’lumot bergandi. Unda yopilishi ko‘plab noqulayliklarga sabab bo‘lgan Mustaqillik va Parkent ko‘chalarini bog‘lovchi yo‘lni qayta ochish ham bor edi.
LiveBarchasi