Toshkentdagi “Olmos jo‘ja” oshxonasida yong‘in yuz berdi

Jamiyat

Bugun, 2 iyul kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani “Ko‘kcha darvoza” MFYdagi “Olmos jo‘ja” oshxonasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Yong‘in soat 9:16 lar atrofida kelib chiqqan. Buning oqibatida oshxona ichki va tom qismining 30 kv m maydoniga zarar yetgan.

Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Qutqaruvchilarning o‘z vaqtida amalga oshirgan sa’y-harakatlari natijasida yong‘in soat 9:36 lar atrofida to‘liq bartaraf etilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

124

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing