Toshkentdagi mushuklar qabristoni masalasiga oydinlik kiritildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahri Yangihayot tumani “Xushnud” MFY Visol ko‘chasidagi ariqqa 30 dan ortiq mushuklarning jasadlari hamda ularning shilib olingan terilari tashlab yuborilgani haqida xabar bergan ekan. Mazkur holat yuzasidan tuman hokimligi Matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, tasvirlardagi hayvon jasadlari va terilari qo‘ylarning qoldiqlari bo‘lib, mahalla fuqarolari tomonidan so‘yilib, ariqqa oqizib yuborilgan.

Mazkur holatdan xabar topilgach, tuman obodonlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan ariq tozalanib, fuqarolarga bunday holatni takrorlamaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.

“Bunday holatlarning kelib chiqishi ekologiya va inson salomatligiga zarar ekanligini inobatga olib, fuqarolarimizdan atrof-muhit tozaligiga bee’tibor bo‘lmasliklarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yangihayot tumani

Baholaganlar

497

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing