Toshkentdagi mudhish YTHda 19 yashar qiz qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 11 avgust kuni Toshkent shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida 19 yashar qiz qurbon bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Seshanba kuni taxminan soat 21:30 da Qushbegi massivida 19 yoshli Toshkent viloyatilik D.M. Cobalt rusumli avtomobilni boshqarish davomida boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.
 
YTH natijasida haydovchi va uning uch nafar yo‘lovchilari – 20 yoshli N.B., D.Sh. va A.K.lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilganlar. Tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan, A.K. shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. 
 
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

387

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing