Toshkentdagi metro qurilishida salkam 900 mln so‘m “yeb yuborilgani” aniqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent halqa yo‘li metropolitenida olib borilgan qurilish ishlarida 899 million so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda ma’lum qilindi

Unda ta’kidlanishicha, joriy yilning may-yun oylarida “Toshkent metropoliteni” korxonasidagi o‘rganishlar davomida mas’ul mansabdor shaxslarning o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizligi oqibatida jami 650 ta inson omili bilan bog‘liq kamchiliklar topilgan.

Shuningdek, so‘nggi 6 oy ichida Toshkent metropoliteni bilan bog‘lik jami 11 ta nosozlik yuzaga kelgan. 

Qayd etilishicha, hozirda 899 million so‘m mablag‘ning talon-toroj qilinishi yuzasidan tegishli tartibda chora ko‘rilib, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Metro voqealari

Qayd etish kerakki, joriy yilning aprel oyida Toshkent metropoliteni tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi “Novza” bekatida poyezd to‘xtab qolgani haqida xabar berilgandi.

7 aprelda O‘zbekiston yo‘nalishining “G‘afur G‘ulom” bekatida texnik sabablarga ko‘ra yo‘lovchilar zaxiradagi poyezdga ko‘chirilgan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda metroda poyezdlar to‘qnashib ketdi, deya talqin qilingandi.

8 aprel kuni Sergeli yo‘nalishida metro poyezdi harakati to‘xtab qolgandi. Yo‘lovchilar esa evakuatsi qilingan. 10 aprel kuni esa eng sharmandali va xavfli holat yuz berdi. Poyezd Chilonzor yo‘nalishidagi “Pushkin” va “Buyuk ipak yo‘li” bekatlari oralig‘ida eshiklarini yopmasdan harakatlandi. Bu vaqtda vagonda yo‘lovchilar bo‘lgan, albatta.

Keyinchalik Toshkent metrosidagi tabloda behayo yozuv paydo bo‘ldi. Joriy yilning 21 may kuni Toshkentda yerusti metro bekati tomidagi qoplamalar shamolda uchib tushdi.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing