Toshkentdagi Mehribonlik uyida bolani kaltaklagan tarbiyachiga chora ko‘rildi

Jamiyat

image

Toshkentdagi 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyadanuvchisini kaltaklagan tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi o‘rganish olib borgan. Ishchi guruhiga bosh boshqarma boshlig‘i Yashin Sultonov rahbarlik qilgan.

O‘rganish xulosasiga ko‘ra, xabarda e’lon qilingan holat o‘z isbotini topgan. Haqiqatan, tarbiyachi B.A. 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi M.A.ga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgan va jismoniy kuch ishlatgani aniqlangan. Tarbiyachi B.A. bilan o‘rnatilgan tartibda mehnat shartnomasi bekor qilinib, o‘z vazifasidan ozod qilingan. Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Qayd etilgan holat yuzasidan ta’lim muassasa ma’muriyati hamda tarbiyachi-xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, bunday noxush vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan.

Avvalroq, Yunusobod tumanidagi Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi bolada tashqi jarohatlar topilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Mehribonlik uyi

Baholaganlar

241

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing