Toshkentdagi markaziy ko‘chalardan biri noma’lum muddatga qisman yopiladi
Jamiyat
−
14 avgust 2022 6901 1 daqiqa
Bugun, 14 avgust kunidan boshlab Toshkent shahridagi Navoiy shoh ko‘chasining bir qismi avtomobil harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdii.
Qayd etilishicha, Navoiy shoh ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l qurilishi ishlari sababli, 14 avgust soat 20:00 dan ishlar yakunlanguniga qadar ushbu ko‘chaning Abay ko‘chasi bilan kesishmasidan Xadra maydonining Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi.
“Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar