Toshkentdagi markaziy ko‘chalardan biri qisman yopildi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2023 4833 1 daqiqa
Toshkent shahridagi Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash maqsadida Amir Temur shoh ko‘chasining Kichik halqa yo‘li ko‘chasi bilan kesishgan qismida (Mirobod tumani) 110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu sababli, joriy yilning 9 sentyabr kuni soat 20:00 dan 10 sentyabr kuni 09:00 gacha hamda 10 sentyabr kuni 20:00 dan 11 sentyabr kuni 09:00 ga qadar Kichik halqa yo‘li ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga yo‘nalgan tomonida 60 metr uzunlikdagi qismi (Toshkent Temir yo‘l texnikasi muzeyi qarshisi) barcha turdagi avtotransport vositalari harakati uchun yopiladi.
Haydovchilardan esa aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025