Toshkentdagi maktablarni onlayn tarzda ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentdagi maktablarda 2020-2021 o‘quv yilini onlayn tarzida tashkil etish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Online-maktab  rukni ostida darslarni tasvirga olish uchun 210 nafar o‘qituvchilar jalb etilgan. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasida ma’lum qilingan. 

Sessiyada koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish sharoitida Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va erishiladigan asosiy natijalar muhokama qilingan. 

Toshkent shahridagi o‘quv muassasalarining 2020-2021 o‘quv yiliga tayyorligi masalasi ko‘rib chiqilar ekan, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i Avaz Mamadjanov yangi o‘quv oldidan 67 ta ob’ektda qurilish ta’mirlash ishlari olib borilayotganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, pandemiya sharoitidan kelib chiqib, bugungi kunda 2020-2021 o‘quv yilini boshlash uchun online-maktab  rukni ostida darslarni tasvirga olish uchun 210 nafar o‘qituvchilar jalb etilib, tasvirga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilayotganligini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq ta’limi vazirligi pandemiya sharoitida maktablardagi ta’limni tiklash borasida uch xil ssenariy ko‘rib chiqilayotganini aytib, ota-onalarga hali maktab formasini sotib olmaslikni tavsiya qilgan edi. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Rusta Ikromov esa MTV va XTV bilan ta’lim muassasalarida amal qiluvchi sanitariya me’yorlari ishlab chiqilayotgani, u tasdiqlangach, ta’lim muassasalari faoliyati tiklanishini aytgan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

onlayn maktab

Baholaganlar

522

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing