Toshkentdagi maktablarda ommaviy qirg‘in sodir etilishi haqida xabarlar tarqaldi
Jamiyat
−
30 yanvar
35010Ijtimoiy tarmoqlar hamda Telegram messenjeridagi kanal va guruhlarda “Tez orada Toshkent maktablarida ommaviy qirg‘in sodir etilishi” haqidagi vahimali xabarlar tarqatilmoqda. Ichki ishlar vazirligi ularning haqiqatga mos kelmasligini ma’lum qildi.
“Aytish o‘rinliki, bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholi orasida vahima, sarosima qo‘zg‘ashga erishishdir. Ayni provokatsiyalar MDH hududi uchun birinchi holat emas. Shunday axboriy hujumlar Rossiya, Qozog‘iston ijtimoiy tarmoqlarida ham kuzatilgan edi”, deyiladi xabarda.
Rasmiylar jamoatchilikni xotirjamlikka, yolg‘on ma’lumotga berilmaslikka chaqirmoqda.
“Agar shu kabi xabarlarga ko‘zingiz tushsa, u holda huquq-tartibot idoralarini xabardor qiling! Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud”, deya eslatib o‘tilgan.