Toshkentdagi maktabdan o‘quvchining o‘lik holda topilishi bo‘yicha rasmiy izoh berildi
3-sahifa
−
14 fevral
25205Avvalroq, Toshkentdagi maktab hududidan 3-sinf o‘quvchisi o‘lik holda topilgani haqida xabar bergandik. Nihoyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 2024 yil 10 fevral kuni taxminan kechki soat 20:00 larda Yunusobod tumani 259-sonli umumta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Y.M. kechki nazorat olib borayotgan vaqtida ko‘chada o‘ynab yurgan bolalar kelib, unga maktab orqasida bola yiqilib yotganini aytgan.
Shundan so‘ng Y.X. maktabning orqa tomonida bolalar aytgan joyga zudlik bilan borganda taxminan 10-11 yoshlar atrofidagi o‘g‘il bola hushsiz yotganini ko‘rib, shu zahoti 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan va tez tibbiy yordam mashinasini chaqirgan. Shuningdek, “Sobirobod” mahallasi profilaktika inspektori O.O.ga xabar bergan.
Inspektor zudlik bilan yetib kelgan, ammo bola hushiga kelmagani va tez tibbiy yordam mashinasi kechikavergani sababli M.X. bolani Toshkent shahar 7-shahar kasalxonasiga mashinada olib ketgan. Bola kasalxonada tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etgan.
"Bola dars jarayonida vafot etmagan. Holat shanba kuni yuz bergan, bu kuni boshlang‘ich sinflarda dars mashg‘ulotlari bo‘lmaydi. Hozirda o‘quvchining vafoti yuzasidan Ichki ishlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligini bildiramiz", deyiladi rasmiy xabarda.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi