Toshkentdagi maktab yaqinidan 25 yashar yigitning osilgan jasadi topildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 13 noyabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi maktab yaqinidan 25 yoshli yigitning osilgan holdagi jasadi topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

13 noyabr soat 7:30 larda Ohangrabo ko‘chasida joylashgan 212-maktab orqa tomonidagi temir panjara tashqarisida bo‘lgan isitish trubasiga 1995 yilda tug‘ilgan I.R. o‘zini osgani aniqlangan.

Hodisa joyiga tuman prokurori o‘rinbosari X.Rahmatullayev, Chilonzor tumani prokuraturasi katta tergovchisi A.Davkarayev hamda tuman IIO FMB tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqqan.

Ma’lum qilinishicha, sud-tibbiy ekpertizasining dastlabki ma’lumotnomasida o‘lim sababi sifatida bo‘yin a’zolarining sirtmoqqa osilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya ko‘rsatilgan.

I.R.ningcho‘ntagidan o‘zini osganida hech kim aybdor emasligini qayd etgan kompyuterda yozilgan tilxat chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab suitsid

Baholaganlar

1819

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing