Toshkentdagi maktabda yong‘in bo‘lgani aytildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 209-sonli maktabda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bunga  munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, bugun, 15 may kuni soat 14:28 da Mirzo Ulug‘bek tumanining Qorasuv 1-dahasida joylashgan 209-sonli maktabda yong‘in to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 14:30 da yetib borib, u yerda yong‘in sodir bo‘lmagani, balki elektr simlarida qisqa tutashuv bo‘lgani aniqlangan.

“Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib kelguncha maktabga biriktirilgan Milliy gvardiya xizmati xodimlari o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida maktab binosidan evakuatsiya ishlarini olib borgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing