Toshkentdagi ko‘priklardan biri noma’lum muddatga qisman yopildi
Jamiyat
−
19 yanvar 2021
6076Toshkentdagi Yunusobod tumanini Sebzor dahasi bilan bog‘lovchi ko‘prikning bir tomoni noma’lum muddatga qisman yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Yo‘l-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, ishlarni tezroq yakunlash maqsadida Ahmad Donish ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasi ustidan o‘tgan ko‘prikning bir tarafi, ya’ni 7-son (oldingi 17-son) Shahar klinik shifoxonasidan Yunusobod metrosi yo‘nalishidagi (mo‘ljal: Universam) qismi avtotransport vositalarining qatnovi uchun to‘liq yopiladi.
Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llar orqali harakatlanish tavsiya etilgan va noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.
LiveBarchasi