Toshkentdagi ko‘priklardan biri noma’lum muddatga qisman yopildi

Jamiyat

−

image

Toshkentdagi Yunusobod tumanini Sebzor dahasi bilan bog‘lovchi ko‘prikning bir tomoni noma’lum muddatga qisman yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘l-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, ishlarni tezroq yakunlash maqsadida  Ahmad Donish ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasi ustidan o‘tgan ko‘prikning  bir tarafi, ya’ni 7-son (oldingi 17-son) Shahar klinik shifoxonasidan Yunusobod metrosi yo‘nalishidagi (mo‘ljal: Universam) qismi avtotransport vositalarining qatnovi uchun to‘liq yopiladi.

Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llar orqali harakatlanish tavsiya etilgan va noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing