Toshkentdagi ko‘chaning bir necha qismlari bir oyga yopiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Toshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasining bir necha qismlari 30 kun mobaynida qisman yopiq bo‘ladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qisman yopiladigan hududlar:

1) KXAYdan Ahmad Donish ko‘chasiga tushish yo‘li (mo‘ljal: Taxtapul masjidi);

2) Ahmad Donish ko‘chasidan KXAYga chiqish yo‘li;

3) Ahmad Donish ko‘chasi — Sultan restoranidan KXAYga chiqish yo‘ligacha;

4) Ahmad Donish ko‘chasi — “Yunusobod” universami yaqinidagi chorrahadan Ahmad Donish ko‘chasiga chiqish yo‘ligacha.

“Ushbu yo‘l qismlarida tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi hokimlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

ko'cha Ahmad Donish

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing