Toshkentdagi ko‘chaning bir qismi 1,5 oyga yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi bir yarim oyga yopildi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, yo‘l ta’mirlash ishlari sababli, 18 may soat 00:00 dan Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasining Nurafshon va Moyqo‘rg‘on ko‘chalari oralig‘idagi qismida yo‘lning bir tomoni bir yarim oy muddatga avtomobillar harakati uchun yopildi. 

Ikki tomonlama harakatlanish yo‘lning bitta qatnov chizig‘i orqali amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing