Toshkentdagi ko‘chalardan biri 3 kunga yopildi

Jamiyat

image

Bugun, 10 iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Kichik halqa yo‘liga o‘tuvchi qo‘shimcha yo‘l avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Joriy yilning 10 iyun kuni  soat 11:00 dan  13 iyunga qadar Yashnobod tumani Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Kichik xalqa yo‘liga o‘tuvchi  qo‘shimcha yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan mazkur yo‘l avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi”, deyilgan poytaxt hokimligi xabarida.

Toshkent shahar hokimligi haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etgan.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ko'cha

Baholaganlar

105

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing