Toshkentdagi ko‘chalardan biri 25 kunga yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Muqumiy ko‘chasi deyarli bir oyga yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, mas’ul tashkilot isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasi bo‘ylab tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlarini boshlagani munosabati bilan kecha, joriy yilning 10 sentyabridan 5 oktyabrigacha ushbu ko‘chadagi harakat qisman to‘xtatib qo‘yilgan. 

Shuningdek, hududda quvurlarni ko‘chirishdan tashqari (har birining diametri 700 mm va umumiy uzunligi 1 km) zulfinlar va ba’zi uskunalar ham almashtirilishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Amir Temur shoh ko‘chasining Kichik halqa yo‘li ko‘chasi bilan kesishgan qismida (Mirobod tumani) 110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan KHAY 2 kunga qisman yopilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Chilonzor ko'cha Muqimiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing