Toshkentdagi xonadonlarning birida yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Kecha, 18 sentyabr kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 15:09 da Uchtepa tumani Taqachi ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan. Yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 15:14 da yetib borib, yong‘in soat 15:42 da qurshab olinib, soat 15:50 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q. Ayni vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 sentyabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan tikuvchilik korxonasida va Olmazor tumanida joylashgan mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing