Toshkentdagi kafeda ayollar janjal ko‘tardi
3-sahifa
−
16 fevral 2021
29496Joriy yilning 14 fevral kuni soat 01:37 da Chilonzor tumani 18-mavzey Zargarlik ko‘chasida joylashgan “Alladin” kafesida janjal yuz berdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Voqea joyiga Chilonzor tumani IIO FMB 5-son ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori kapitan J. Xadjimatov hamda mazkur hududda xizmat olib borgan Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xizmatchilari yetib borishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, kelishmovchilik mast holatda bo‘lgan 22 yoshli farg‘onalik D.K. va 29 yoshli farg‘onalik R.A. orasida yuzaga kelgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari yetib kelishganda ayollar bir-birlarini haqorat qilishda davom etayotgan bo‘lgan, shu sababli ulardan jamoat tartibini buzmaslik talab etilgan.
Ayollardan biri mazkur talabga bo‘ysunmagan, natijada kelishmovchilikning ikkala ishtirokchilari ham ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan. Mazkur fakt bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Chilonzor tuman sudiga yo‘naltirilgan.