Toshkentdagi kafeda 45 kishi ishtirokida ommaviy janjal yuz berdi

Jamiyat

image

Chilonzor tumanida joylashgan “Troya” kafesida ommaviy mushtlashuv yuzaga kelgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Voqea joriy yilning 8 yanvar kuni 23:30 larda sodir bo‘lgan. Kuzatuv kamerasi orqali olingan videoda jamoat tartibi buzilgan haqiqiy to‘s-to‘polonni kuzatishingiz mumkin. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Ichki ishlar organlari olib borgan dastlabki tergov harakatlari natijasida kafeda vaqtini chog‘ o‘tkazayotgan mehmonlarning bir guruhi va qo‘shni stoldagi boshqa mijozlar o‘rtasida janjal yuzaga kelgani aniqlangan.

Kafe qo‘riqchilari mehmonlarni tinchlantirishga harakat qilishgan. Jazavaga tushgan mehmonlar ogohlantirishlarga qaramay voqeani yanada keskinlashtirib yuborishgan. Oqibatda mijozlar va kafe qo‘riqchilari o‘rtasida mojaro mushtlashuvga aylangan.

Kafe xodimlari ichki ishlar xodimlariga qo‘ng‘iroq qilish o‘rniga janjalni o‘zlari chaqirgan mushtumzo‘rlar bilan davom ettirishgan.

Sud tibbiy ekspertizasining ma’lum qilishicha, mijozlardan uch nafaring olgan tan jarohati sog‘lig‘ining qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan.

Ushbu janjalda 45 nafar odam ishtirok etgan bo‘lib, mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Toshkentda xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida o‘tkazilgan futbol musobaqasida ommaviy janjal sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

janjal

Baholaganlar

1158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing