Toshkentdagi kafeda yong‘in yuz berdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 28 sentyabr kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani M.Ashrafiy ko‘chasida joylashgan oshxonalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda soat 10:07 da shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:12 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:29 da qurshab olingan va soat 10:41 da bartaraf etilgan. 

Yong‘in natijasida oshxonaning taxminan 100 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmagan.

Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

123

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing