Toshkentdagi kafe atrofini sichqon bosdi
Jamiyat
−
17 avgust
20893Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi “Minor” metro bekati atrofida sichqon yurgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Sanepidqo‘mita tuman bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan. Shuningdek, sichqon yurgan hudud atrofida shirinliklar bilan shug‘ullanuvchi kafe mavjudligi sababli hududda zararsizlantirish (dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya) ishlari amalga oshirilgan.
“Shahar shoh ko‘chalarini dezinfeksiya qilish, shuningdek, irrigatsiya tarmoqlarida tozalash, chiqindilarni vaqtida olib ketish ishlari tuman Obodonlashtirish bo‘limlari tomonidan olib borilishi lozim. Xususan, ko‘p qavatli uylar va tadbirkorlik shoxobchalarini zararsizlantirish ishlari dezinfeksiya tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan “Chilonzor” metro bekati yaqinida ham kalamushlarning yurgani aks etgan video tarqalgandi. Holatning kelib chiqishiga fuqarolar tomonidan chiqindilarni maxsus joylarga tashlamaslik sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi