Toshkentda restoran yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan restoranlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 19 fevral kuni soat 01:03 da  Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qiziltut ko‘chasida joylashgan ta’mirda bo‘lgan sobiq “Mushki anbar” restoranida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 01:10 da yetib borib, yong‘in soat 01:44 da qurshab olingan va soat 01:57 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in kafe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing