Toshkentdagi gul do‘konida sotuvchiga qo‘l ko‘tarib, janjal ko‘targan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkentda gul sotuvchisiga qo‘l ko‘tarib, janjal ko‘targan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 23 iyun kuni taxminan soat 19:30 larda Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasidagi gul do‘konlarining birida sodir bo‘lgan. 1984 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro X.A. 2003 yilda tug‘ilgan gul sotuvchi X.T. bilan o‘zaro janjallashgan. Shu yerda bo‘lgan 2003 yilda tug‘ilgan A.T. va 2002 yilda tug‘ilgan T.I.lar uni tinchlantirib, janjalni oldini olishga uringan. Biroq X.A. ularga nisbatan kuch ishlatib, tan jarohati yetkazgan.

Birlamchi tibbiy ma’lumotga ko‘ra, jabrlanuvchilarga yengil tan jarohati yetkazilgan.    

“Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik harakatini oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. Qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda bir yigitni mashinaga majburan solib, olib ketgan shaxslarning 3 nafari qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

janjal sotuvchi gul do'koni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made