Toshkentdagi “Farhod” bozori karantinga yopiladimi?

Jamiyat

image

Facebook`dagi guruhlardan birida joriy yilning 1 iyunidan Toshkent shahridagi “Farhod” dehqon bozori 15 kunga yopilishi haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur xabarga Toshkent shahar, Uchtepa tumani hokimiyati rasmiy munosabat bildirdi va bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.

“Uchtepa tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori A.Hasanovning ma’lum qilishicha, bozor hududida koronavirus infeksiyasiga chalinish holati qayd etilmagan”, deyiladi hokimlik xabarida.

Ta’kidlanishicha, bozor odatiy tartibda ishlashni davom ettiradi.

“Fuqarolardan rasmiy manbalarga ishonishi va yolg‘on axborotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz”, deydi hokimlik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirildi.

Ammo karantin cheklovlari biroz yumshatildi. Xususan, “yashil” hududlarda belgilangan tartibda to‘y va oilaviy marosimlar o‘tkazishga hamda viloyatlararo harakatlanuvchi avtobuslar qatnoviga ruxsat berildi. 5 iyundan O‘zbekistonda futbol musobaqalarini davom ettirish belgilandi. Shu bilan birga barcha hududlar uchun birdek o‘z kuchida qoladigan cheklovlar ham e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Koronavirus O'zbekistonda Farhod bozori

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing