Toshkentdagi eng talabgir avtobus yo‘nalishlari ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

“Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati jamoat transporti (avtobuslar)dan yanvar oyi mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 131-sonli yo‘nalish - 238 574ta;
2. 58-sonli yo‘nalish - 173 690ta;
3. 24-sonli yo‘nalish - 150 846ta.

Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 184-sonli yo‘nalish - 231ta;
2. 133-sonli yo‘nalish - 3 200ta;
3. 185-sonli yo‘nalish - 3 524ta.

128 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni 8 090 379 tani tashkil qilgan.

Xabarda aytilishicha, hisoblash jarayonida faqatgina naqd pul va ATTO transport kartalari orqali to‘lov qilgan yo‘lovchilar inobatga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing