Toshkentdagi “dom”ga o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 31 mart kuni Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uyda joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 14:25 da Yashnobod tumani Jarqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:35 da yong‘in qurshab olingan va 14:41 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida joylashgan qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing