Toshkentdagi dahshatli YTHda mashinalarni bolalar boshqargani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrida Lacetti Kia K5 bilan to‘qnashishi oqibatida ikkiga bo‘linib ketgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hodisada ikkala mashina boshqaruvida ham voyaga yetmagan maktab o‘quvchilar bo‘lgan. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir ayol vafot etgan. Uning farzandi esa yetim qolgan.

“Uxlayotganimizda olib chiqib ketgan. Men o‘zim ham hayron bo‘ldim o‘sha kuni. O‘g‘lim shunaqa jinoyat ishini qildi. Be’tibor bo‘lganim uchun endi men ham bunga sababchiman”, deydi bolalardan birining otasi.

Yana bir bolaning onasi esa farzandi hatto mashina hayday olishini bilmaganini aytgan.

“Bolamning mashina haydashini bilmasdim. Chunki biz biror marta qo‘liga kalit bermagan insonmiz-da. Meni o‘zimning shaxsiy mashinam bor, lekin o‘tirmagan”, deydi ona.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarning avtomobil boshqarishiga yo‘l qo‘yganlarga javobgarlik kuchaytirilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing