Toshkentdagi aylanma ko‘priklardan biri 10 kunga yopiladi
Jamiyat
−
19 yanvar 2024 8914 1 daqiqa
Toshkent kichik halqa avtomobil yo‘lini Sergeli shoh ko‘chasi bilan bog‘lab turuvchi ko‘prik 10 kunga qisman yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ta’mirlash ishlari sababli 20 yanvardan 30 yanvarga qadar Toshkent kichik halqa avtomobil yo‘lini Sergeli shoh ko‘chasi bilan bog‘lab turuvchi "Cho‘ponota" aylanma ko‘prigi qisman yopiladi.
"Vaqtinchalik keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", deyiladi ushbu xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq poytaxt KHAYning Istirohat ko‘chasi bilan kesishmasidan Qo‘rg‘oncha ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopilgandi.
Live
Barchasi