Uchtepadagi avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 9 sentyabr kuni Uchtepa tumanida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda. 

Yong‘in soat 16:02da Uchtepa tumani, Foziltepa ko‘chasi 34-uyda joylashgan Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga qarashli maxsuslashtirilgan avtoxo‘jalik xududidagi avtoservisda qayd etilgan. 

Yong‘inda xo‘jalik hududida ijarada bo‘lgan “B.M.Shonosirov” YATTga qarashli avtomobillar shinalarini yamash ustaxonasining ichki va tom qismi 60 kv metr maydoni yongan. 

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 16:11da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 16:20da qurshab olinib, soat 16:24da bartaraf etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan sutka davomida poytaxt Toshkentda 6 ta yong‘in holati qayd etilgan bo‘lib, shulardan 1 tasi qurigan o‘simlik va chiqindilarning yonishi bilan bog‘liq bo‘lgan holat ekani aytilmoqda. Yong‘inlarda qurbon bo‘lganlar va jarohat olganlar yo‘q. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing