Toshkentdagi “Aviasozlar” saroyini ta’mirlash boshlandi

Jamiyat

image

Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” saroyini rekonstruksiya qilish boshlandi. Bu haqda tuman hokimi Baxtiyor Rahmonqulov Facebook’da ma’lum qildi.

“Aviasozlar saroyining qayta uyg‘onishi! Toshkent shahar va Yashnobod tuman hokimliklarining qarorlari asosida “Aviasozlar” saroyining to‘liq rekonstruksiyasi boshlandi”, yozadi Baxtiyor Rahmonqulov.

Qayd etilishicha, saroyni eng yangi andozalar asosida rekonstruksiya qilish, uning atrofida aholining bo‘sh vaqtini mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida saroy atrofida madaniy-istirohat bog‘i barpo etish rejalashtirilgan.

Hokimning izohlardagi savollarga javobida aytilishicha, saroy atrofidagi daraxtlar kesilmasligini, buni nazorat qilish uchun tuman faollari kengashini ham tuzish mumkinligini aytib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, bino 1980 yilda qurilgan. 2013 yilda ob’ekt Mudofaa vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. 2020 yilda saroyga Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurib, ob’ektni to‘liq rekonstruksiya qilishga ko‘rsatma bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yashnobod

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing