Toshkentdagi ashaddiy qoidabuzar 36 million so‘mga yaqin jarimaga tortildi
Jamiyat
−
17 noyabr 2020
11833Toshkent shahrida Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi joriy yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida viloyat hududida tezlik oshirilishi bilan bog‘liq 36 marta qoidabuzarlik sodir etgani uchun 35 million so‘mdan ko‘proq miqdordagi jarimaga tortildi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qildi.
Haydovchi aholi yashash joyida cheklangan tezlik 70 km/s bo‘lishiga qaramasdan, ushbu hududdan yuqori tezligi 140 km/s, past tezligi esa 80 km/s bilan harakatlangan. Natijada, tezlikni 36 marotaba me’yoridan oshirilishi 35 457 000 so‘m jarima belgilanishiga sabab bo‘lgan.
Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan viloyat hududida tezlik bilan bog‘liq qoidabuzarliklar qat’iy nazoratga olingan.
Bu kabi qoidabuzarliklar Qashqadaryo va Samarqand viloyatida ham kuzatilib, ro‘yxatdan o‘tgan Nexia rusumli avtomobillari ham aholi yashash joyida 100 km/sdan kam bo‘lmagan tezlikda harakatlanishgan va 12 martadan qoida buzgan. Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan o‘rnatilgan tartibda jarimalar belgilangan.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi