“Manchester Siti” 5-divizionga tushirib yuborilishi mumkin
Sport
−
10:23 4559 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi moliyaviy qoidabuzarliklarni buzganlikda gumon qilinmoqda. Shu sababli jamoa 3 ligaga tushib ketishi mumkin. Bu haqda “Topskills Sports UK” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, holat yuzasidan yakuniy qaror mavsum tugaganidan keyin e’lon qilinadi.
Agar “shaharliklar”ning qoidabuzarliklari isbotlansa, Angliya futbol tizimining beshinchi divizionigacha tushirib yuborilishi ehtimoli bor.
“Manchester Siti”ga oid 115 ta moliyaviy qoidabuzarlik bo‘yicha tergov o‘tgan yili yakunlangan. Maxsus komissiya taqdim etilgan barcha dalillarni ko‘rib chiqmoqda va Pep Gvardiola boshqaruvidagi jamoa yuzasidan yakuniy qarorni 2025-2026 yilgi mavsum yakunidan so‘ng e’lon qiladi.
Eng ehtimoliy ssenariylardan biri– klubning Premer-ligadan chetlatilishi. Bunday holatda “shaharliklar” Angliya futbol piramidasida yo‘lini quyi beshinchi diviziondan boshlashiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” 2023 yil fevral oyida moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda rasman ayblangandi. Liga rahbariyati klubni 2009–2023 yillar oralig‘ida, ya’ni 14 yil davomida moliyaviy cheklovlarni chetlab o‘tganlikda gumon qilmoqda.
Live
Barchasi