Toshkentdagi 3 ta ko‘cha ikki kun qisman yopiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5-6 may kunlari Toshkentdagi qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bunga Triatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. 

Chempionat o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi yo‘llarning bir qismi transport harakati uchun 5-6 may kunlari soat 06:00 dan 13:00 ga qadar yopiladi:

•    KXAY — Chingiz Aytmatov ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha;
•    Ko‘rgazma ko‘chasi — KXAY ko‘chasidan Korxojiota ko‘chasigacha;
•    Korxojiota ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasigacha.

Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

yo'l

Baholaganlar

53

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing