Toshkentdagi “16” va “1-gorbolnitsa” yopilgani rostmi?

Jamiyat

image
Uxanda birinchi marta koronavirus yuqtirish holati qayd etilmadi north_east

Uxanda birinchi marta koronavirus yuqtirish holati qayd etilmadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (xalq tilida “16” deyiladi) va Toshkent shahar “Ibn Sino” nomli 1-son klinik shifoxonasi (1-gorbolnitsa) karantin tufayli yopilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziyat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bir bo‘limidagi shifokor o‘zida koronavirus infeksiyasiga shubha qilganligi bois, o‘sha bo‘lim ehtiyot chorasi sifatida ma’lum muddat karantinga olindi. Ammo ixtisoslashgan tahlillar natijasi shifokorda ushbu infeksiya yo‘qligini ko‘rsatgandan keyin markaz bo‘limidagi karantin tartibi bekor qilindi. Ayni paytda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi odatdagidek, uzluksiz faoliyat ko‘rsatmoqda.

1-son shahar klinik shifoxonasida esa  koronavirusga gumon qilinib, keyinchalik Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida ushbu tashxis tasdiqlangan fuqaro o‘zini Turkiyada bo‘lganligini yashirib,  ma’lum vaqt shu shifoxonada bo‘lgan. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bu ayni o‘sha paytda mazkur shifoxonada koronavirus tarqaldi, degan yakuniy xulosa emas. Faqat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablariga muvofiq ravishda va qat’iy ehtiyot chorasi  sifatida ushbu shifoxona ma’lum muddat karantinga olindi. Yaqin kunlarda davolash ishlari yana o‘z iziga tushiriladi. 

"Fursatdan foydalanib, yana bir bor eslatib o‘tamiz, vazirlik koronavirus infeksiyasi borasida barcha rasmiy ma’lumotlarni ochiq, oshkora soatma-soat ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib bormoqda. Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan turli mish-mishlarga ishonmasliklarini so‘rab qoladi.", deyilgan bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etildi. Ayni vaqtda O‘zbekistonda 23 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Mamlakatda 6 ming kishi karantinga olingan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

SSV koronavirus

Baholaganlar

252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing