Toshkentdagi 11 ta avtobus yo‘nalishida yangi harakat tarkibi joriy qilinadi
Jamiyat
−
01 avgust 2023
3857Toshkent shahridagi 11 ta avtobus yo‘nalishida yangi turdagi harakat tarkiblari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2023 yil 3-15 avgust kunlaridan boshlab, bosqichma-bosqich quyidagi 11 ta avtobus yo‘nalishlarida yangi turdagi harakat tarkiblari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Unga ko‘ra:
• 12-sonli avtobus yo‘nalishiga 14 dona Yutong CNG rusumli;
• 74-sonli avtobus yo‘nalishiga 7 dona Yutong CNG rusumli;
• 88-sonli avtobus yo‘nalishiga 13 dona King Long rusumli;
• 120-sonli avtobus yo‘nalishiga 11 dona Mercedes-Benz rusumli;
• 91-sonli avtobus yo‘nalishiga 13 dona Yutong rusumli;
• 97-sonli avtobus yo‘nalishiga 8 dona Yutong rusumli;
• 118-sonli avtobus yo‘nalishiga 14 dona Yutong rusumli;
• 42-sonli avtobus yo‘nalishiga 10 dona MAN rusumli;
• 54-sonli avtobus yo‘nalishiga 9 dona MAN rusumli;
• 66-sonli avtobus yo‘nalishiga 8 dona MAN rusumli;
• 174-sonli avtobus yo‘nalishiga 9 dona Mercedes-Benz rusumli avtobus va elektrobuslar harakati joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan 30 dan ziyod avtobus harakat vaqti 1 avgust kunidan 13 avgustiga qadar vaqtincha o‘zgartirilgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi