Merkel Rossiyaga kelyapti. Muhokama maydonida – Yaqin Sharq
Olam
−
06 yanvar 2020
7392Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkel Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan joriy yilning 11 yanvar kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi. Bu haqda rasmiy Moskva xabar bermoqda.
“Muzokaralar chog‘ida xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, shu jumladan Suriya va Liviyadagi vaziyat, AQSHning 3 yanvar kuni Bag‘dod aeroportiga amalga oshirgan aviazarbasi oqibatlari, Yaqin Sharqdagi keskinlikning kuchayishi muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Ukrainadagi mojaroni hal qilish masalalari 2015 yil Minskda qabul qilingan chora-tadbirlar to‘plami hamda 2019 yil 9 dekabrda Parijda Normand formatidagi sammitda erishilgan kelishuvlar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi.
Putin va Merkel uchrashuvida AQSH aviazarbasi natijasida halok bo‘lgan Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining “Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy masalasi ham muhokama qilinishi mumkin.
LiveBarchasi