Toshkentda “Jiguli”ni siqib qo‘ygan yuk mashinasi haydovchisiga ma’muriy bayonnoma tuzildi
3-sahifa
−
06 iyul
7317Toshkent shahrining Mirobod tumanida ikkita katta yuk mashinasi haydovchilari yo‘lda “Jiguli” avtomashinasining yo‘lini to‘sib, harakatlanish vaqtida xavfli vaziyat yuzaga keltirgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda video tarqaldi. Holat bo‘yicha Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, videodagi holat joriy yilning 4 iyul kuni Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. Katta tezlikda kelayotgan yuk mashinalaridan biri chapga burilib, “VAZ-2106” haydovchisining yo‘lini to‘sgan. Yuk mashinalarining ikkinchisi esa “Jiguli”ni orqa tomondan kelib siqqan.
Holat yuzasidan yuk avtotransporti haydovchisiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128 prim 5-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda haydovchi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Haydovchi qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, yuqoridagi moddaga asosan bunday huquqbuzarlik sodir qilgan haydovchiga BHMning besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr