Andijonda yuk mashinasi va yana 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

−

image

Kecha, 27 sentyabr kuni Andijon viloyatining Andijon tumanida tormozi ishlamay qolgan GAZ-53 yuk avtomobili svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan 5 ta avtomobilga borib urildi. Bu haqda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 14:45 larda Andijon tumani “CHEM” MFY hududidan o‘tuvchi A-373 “Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘lining 334-kilometrida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1976 yilda tug‘ilgan A. M. boshqaruvidagi GAZ-53 rusumli yuk avtomobili “Bog‘ishamol” hududidan “Aeroport” yo‘nalishida harakatlanib kelgan.

Haydovchi tormoz tizimidagi texnik nosozlik sabab oraliq masofani saqlay olmagan. Oqibatda yuk avtomobili chorrahada svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Damas, Nexia-2, Matiz, Spark va Labo rusumli avtomobillar bilan to‘qnashgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida fuqarolar jarohatlanmagan. Avtomobillarga esa texnik shikast yetgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Mirobod tumanida mototsikl, GAZ va KIA K5 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, oqibatda mototsikl haydovchisi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing