Toshkentda jamoat transportlarida narx oshishi haqidagi xabarlar qonun loyihasi, xolos – Transport vazirligi
Jamiyat
−
04 avgust 2023
5039Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtda jamoat transport vositalarida harakatlanish narxi 2000 so‘mgacha ko‘tarilishi haqida xabarlar tarqaldi. Ularga ko‘ra, transport kartasi orqali va naqt ko‘rinishda amalga oshiriladigan to‘lovlarning har ikkisi uchun 2 ming so‘m to‘lanadi. Bundan tashqari faqatgina ATTO transport kartasi foydalanuvchilariga 1 soat ichida ikki va undan ortiq transport vositalaridan foydalanganlik uchun chegirmalar taqdim etiladi.
Ammo Transport vazirligi matbuot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatovning QALAMPIR.UZ'ga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bu xabarlar Toshkent shahar hokimining qarori loyhasida keltirilgan ma’lumotlar asosida tarqalgan va hali tasdiqlanmagan.
“Bu Toshkent shahar hokimi chiqargan qarorning loyihasida keltirilgan. Ammo hali tasdiqlanmadi. Shuning uchun hech qaysi transport sohasi vakili bu haqda aniq ma’lumotlar berolmaydi. Bu hali qonun loyihasi, xolos”, dedi Ashurmatov.