Toshkentda jamoat transportida tabaqalashgan tariflar joriy qilinadi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida jamoat transporti yagona tizim asosida tartibga solinadi, moliyalashtiriladi va tabaqalashgan tariflar belgilanadi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtda yo‘l-infratuzilmasini rivojlantirish konsepsiyasi bilan tanishish asnosida mutasaddilarga shunday ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, Tirbandlik kuzatilayotgan ko‘p qatorli yo‘llarning bir qismini jamoat transporti uchun ajratish, markaziy ko‘chalarda parkomatlar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, piyodalar va velosipedlar yo‘lakchalarini ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.

Prezident “Toshshahartransxizmat” jamiyatini to‘liq transformatsiya qilish, Transport universiteti faoliyatini takomillashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tgan.

Jamoat transporti tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Toshkentdagi tajriba asosida boshqa shaharlarda ham yo‘l-transport tizimini qayta ko‘rib chiqib, markaziy ko‘chalarni namunaviy tarzda o‘zgartirish, xususan, Samarqandda jamoat transportini optimallashtirish, aholi va turistlar uchun qulay sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus

Baholaganlar

455

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing