Toshkentda “zapravka” 11,4 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irladi
3-sahifa
−
15 fevral 2025 5580 1 daqiqa
Toshkent viloyati Bekobod shahrida 11,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan gaz to‘ldirish shoxobchasi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd etilishicha, yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tadbirda Toshkent viloyati Bekobod shahridagi “G‘.O.” MCHJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompresslash shoxobchasining o‘lchov qurilmalariga tashqi ta’sir ko‘rsatishi oqibatida 11,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani aniqlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 1,1 million kub metr tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,8 milliard so‘m zarar yetkazgan gaz to‘ldirish shoxobchasi aniqlangandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025