Toshkentda yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushishi ortidan jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Kecha, 12 avgust kuni Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini bir vaqtning o‘zida qulab tushgandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 3 nafar mansabdor ushlandi. Bu haqda bugun, 13 avgust kuni Transport prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidan Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga olib boruvchi va Sodiq Tolipov ko‘chasiga chiqish va tushishiga imkon beruvchi yo‘l o‘tkazgichni qayta qurish ob’ektida uzunligi 42 metrlik 5 dona balkalar qulab tushgan va 2 mlrd 760 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 3 nafar mansabdor shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Bildirilishicha, hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmokda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing