Toshkentda yo‘l talashgan avtobuslar to‘qnashdi

3-sahifa

image

Bugun, 4 dekabr kuni Toshkentning Yashnobod tumanida ikkita yo‘lovchi tashuvchi avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Soat 07:50 larda Maxtumquli ko‘chasida joylashgan “Ashxobod” saylgohi qarshisida haydovchi 1989 yilda tug‘ilgan D.R. boshqaruvidagi va yana bir haydovchi, 1976 yilda tug‘ilgan F.M. boshqaruvidagi yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar yengil to‘qnashuv sodir etgan.

Ichida yo‘lovchilari bo‘lgan Isuzu va Mercedes-Benz avtobusi yo‘l talashib, urilib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirgi vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent avtobus

Baholaganlar

513

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing